Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

15-fevral – “Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni”ni nishonlash maqsadida Respublika onkologiya markazida yoshlar, estrada yulduzlari, kino va teatr aktyorlari, futbolchilar jam bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mo‘jizalar davri” yoshlar jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bolajonlar mashhur mehmonlar bilan ko‘rishib, raqslar shousi, qiziqarli o‘yinlar, sirk tomoshalaridan bahramand bo‘ldi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

— Hayotning shirinligi, umr mazmuni, albatta, bolalar bilan. Ularning bir kunini bo‘lsa-da, quvonchga to‘ldirganlar orasida borligimdan xursandman, — deydi aktyor Javohir Zokirov.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

Xonanda Shahzoda ham bolalar quvonchiga sherik bo‘lib, dastxati tushirilgan va tilaklari bitilgan sovg‘alarini ulaщdi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

“Mo‘jizalar davri” yoshlar jamoasi a’zolari hayvonlar, gullar, multfilm qahramonlari aks ettirilgan rang-barang rasmlarga ezgu tilaklar va yaxshi niyatlar yozib, bolalarga taqdim etdi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

Shu kuni bolalarga turli tashkilotlar tomonidan ham sovg‘alar topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?