Joriy yilning 14-fevral kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko‘rinishning 50—100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15—18 metr sekundgacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Podrobno.uz”

“Hurmatli haydovchilar harakatlanishdan oldin avtomashinangizni texnik sozligiga va mavsumiy avtoshinalardan foydalangan holda harakatlanishingizni tavsiya etamiz”, — deyiladi FVV xabarida.