O‘zbekiston Prezidenti Markaziy bankka kapitali 500 million dollar bo‘lgan Taraqqiyot bankini tashkil etish vazifasini yukladi. Bu haqda MB boshqaruv raisi Mamarizo Nurmurotov Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
MB boshqaruv raisining ta’kidlashicha, Taraqqiyot bankining muhim vazifalaridan biri eksportni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘ladi.
“Bank faoliyati eksport oldi kreditlash, kreditdan keyin xizmat ko‘rsatish, eksport subsidiyalari, logistikani qamrab oladi. Bankni tashkil etishga uzoq vaqtdan buyon tayyorgarlik ko‘rildi, ishlar endi boshlanadi”, — dedi Mamarizo Nurmurotov.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev eksportni qo‘llab-quvvatlashning agressiv modellaridan foydalanish zarurligini ma’lum qildi.
Izoh (0)