Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 4-fevral kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida Byuro rahbariyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Uchrashuvda BMTning Taraqqiyot Dasturining doimiy vakili vazifasini bajaruvchi F.Karaxanov, Byuroning mas’ul xodimlari, BMTning Taraqqiyot Dasturi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Byuroga amaliy ko‘mak sifatida berilayotgan kompyuter texnikasi va boshqa dasturiy vositalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va qabul qilish jarayoni ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirildi.

Ta’kidlash kerakki, 1000 dona zamonaviy kompyuter va boshqa dasturiy vositalar Byuroga BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Adliya vazirligining “O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash” bo‘yicha hamkorlikdagi loyihasi asosida taqdim etildi.

Ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak Byuro tomonidan ijro hujjatlarining avtomatlashtirish va raqamlash tizimi hisobotini yuritish hamda mablag‘larni undirish jarayonida moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, davlat interaktiv xizmatlarini kengaytirish, davlat organlari, banklar va boshqa mas’ul idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, tadbir doirasida BMTning Taraqqiyot Dasturi vakillari Byuroning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi