Ko‘pchilik odamlar kinozalga popkornsiz kirishni tasavvur qila olmasa kerak. Ammo boshqa mamlakatlarda tomoshabinlar turli yeguliklarni afzal ko‘radi. Travel Ask turli davlatlarning kinozaldagi sevimli yeguligini taqdim etdi.
Xitoy kinoteatrlarida esa tuzlangan olxo‘ri qoqi va qovurilgan pista yeyiladi.
Meksikaliklar tostiokos yeb, kino ko‘rishni yaxshi ko‘radi. U bodring, jo‘xori, loviya va yong‘oqning sous bilan aralshtirilgan shakli.
Gretsiyada qovurilgan shashliklarni yaxshi ko‘rishadi. Odatda u nonning o‘rtasiga solingan bo‘ladi va unga yangi sabzavot hamda sous qo‘shiladi. Bunday yegulik suvlak deb ataladi.
Niderlandiyalik tomoshabinlar esa ko‘pincha qizilmiyadan qilingan tuzli konfetni xush ko‘radi.
Izoh (0)