Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dardiga shifo izlab eng zamanoviy texnologik davolash jihozlari va amaliyotlariga ega bo‘lgan klinikalardagi yuqori bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan shifokorga murojaat qilishni istaganlar uchun Janubiy Koreyaning xalqaro Himedi.com kompaniyasining poytaxtimizda mahalliy tibbiy konsultatsion markazi faoliyat yuritmoqda.

Konsultatsion markaz O‘zbekiston aholisining Janubiy Koreyadagi yuqori profilli klinikalarda sifatli tibbiy xizmatdan foydalanib og‘ir turdagi kasalliklarda davo topishda va salomatliklarini tiklashda ko‘maklashadi.

Janubiy Koreya — dunyodagi eng xavfsiz va texnologik jihatdan rivojlangan mamlakat bo‘lib, bu yerda davolanuvchilar yuqori sifatli bilim olgan shifokorlardan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy tibbiy xizmat oladi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya xorijlik bemorlarni qabul qiladigan boshqa mamlakatlar bilan solishtirilganida qator afzalliklarga ega.

Jumladan: Bu yerda Germanya, Izroil, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi narxlar bilan solishtirganda bemor xarajatlari 45—55 foizga arzonlashtirilgan.

Saraton kasalligida 5 yillik hayot davomiyligi statistikasida yuqori ko‘rsatgichga ega: Germaniya va Hindiston bilan solishtirilganida, masalan, 73,1% oshqozon saratoniga chalingan bemorlar uchun, 91,5 foiz ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlar uchun, 92,5 foiz prostata bezi saratoni uchun va boshqalar uchun.

Aytib o‘tish lozimki, Koreyada oshqozon, jigar, o‘pka, ko‘krak bezi, prostata bezi saratonini davolash uchun eng so‘nggi rusumdagi tibbiy texnologik uskunalar va robotlar ishlatiladi.

Janubiy Koreyaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridan bemorlar sonining doimiy ravishda o‘sib borishi—45,000 dan ortiq kishi o‘tgan yili Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan.

O‘z navbatida Himedi.com tibbiy konsultatsion markazi Janubiy Koreyadagi 40 dan ortiq eng sara yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan klinikalar bilan misol uchun Samsung tibbiyot markazi, Asan tibbiyot markazi, Gangnam CHA tibbiyot markazi bilan hamkorlik qiladi.

Himedi.com kompaniyasi o‘zining 7 yillik faoliyati mobaynida MDH mamlakatlari shu jumladan Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlaridan 2500 dan ortiq shifo izlagan bemorlarga Janubiy Koreyada tibbiy tekshiruvdan o‘tishi va davolanishi uchun yordam bergan.

Poytaxtimizdagi Himedi.com markazi faoliyati butunlay va to‘laqonli ravishda tibbiyotdagi yangilik va rivojlangan mamlakatlardagi tibbiyot sifatiga erishmoqchi bo‘lgan yoki kasalligiga shifo topishda qiynalgan, ba’zida esa to‘g‘ri tashxisni eshitishga intiq bo‘lgan insonlarga yordam berishga yo‘naltirilgan.

Masalan, samarqandlik X.A. Ismatovning tarixi aynan to‘satdan mazasi qochishi (bosh aylanishi, ko‘krak sohasidagi og‘riq) sababini tushuntirib bera oladigan malakali shifokorni izlashdan boshlandi. U buning uchun Himedi.com markaziga murojaat qildi. Markaz u uchun Janubiy Koreyadagi bir nechta klinikani tanlab ulardan tibbiy xulosalarni yetkazib berdi. Bu klinikalar orasida 1991-yilda dunyodagi ilk muvaffaqiyatli stentlash amaliyotini o‘tkazgan professor Pak Sing Jonga tegishli klinika ham bor edi. Ushbu klinikada bemorga bir necha muolaja hamda stentlash amaliyotini o‘z ichiga olgan sifatli ko‘rik va davolanishni taqdim etishdi. Ismatov hozirda O‘zbekistonga qaytgan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Janubiy Koreyaga shifo topish maqsadida aksariyat insonlar oladigan tibbiy muolajalar:

- Kardiojarrohlik;

- Onkologiya;

- Nevrojarrohlik

- Umurtqa jarrohligi

- Reproduktiv funksiyani qayta tiklash (fertillik, EKO, ayollar salomatligi, erkaklar va ayollar amenoreyasi);

- Ortopediya (tomirlar va umurtqa, sportga oid tibbiyot);

- Organlarni ko‘chirib o‘tkazish;

- Plastik jarrohlik;

- Yoshartiruvchi tibbiy Anti-aging dasturlari va boshqa turdagi davolanishlar.

Agar siz yoki sizning yaqinlaringiz yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar bo‘yicha Janubiy Koreyada shifo topish istagida bo‘lsa, poytaxtimizdagi xalqaro Himedi.com konsultatsion markaziga bog‘lanishingizni tavsiya etamiz.

Markaz bilan aloqa:

Veb-sayt: http://himedi.com/uz

Telegram: @himedicom_uz

Koreyada davolanishSaratonni davolashBepushtlikni davolash

 

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Mahalliy
“Bolang tug‘ilgach ikkovingga benzin quyib, yoqib yuboraman, deb tahdid qilgan” — Farg‘onada erining Matiz’ida o‘zini yoqib yuborgani aytilgan marhumaning yaqinlar...
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi