Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

4-fevral kuni Avstraliyaning shimoli-sharqiy sohilida Taunsvill shahrining suv ostida qolgan hududlaridan mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Suv ostida qolgan hududlardan aholini qutqarish uchun Harbiy havo kuchlari va armiya safarbar etilgan.

Qayd etilishicha, Taunsvill va shahar atrofidagi hududlardagi 20 mingdan ortiq uylar suv ostida qolgan. Yaqin vaqtlarda evakuatsiya qilinganlar soni ortishi kutilmoqda.

Suv toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga zarur mahsulotlar va oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda. Qutqaruv xizmati va politsiya suv ostida qolgan hududlarni qo‘riqlab, aholiga harbiy kuchlar kelguncha uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda. Sababi suv toshqini bo‘lgan ko‘chalarda timsohlar paydo bo‘lib, odamlarga hujum qilmoqda.

Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, shiddatli yomg‘ir Kvislend hududida kamida haftaning o‘rtalarigacha saqlanib qoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi