Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vitse-prezident Chjan Syaojun boshchiligida Nanking politexnika instituti delegatsiyasi Toshkentga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Mehmonlar Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bunda Nanking politexnika instituti bilan qo‘shma dastur, qo‘shma fakultet hamda to‘laqonli filial tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlash yuzasidan kelishib olindi.

Nanking politexnika instituti O‘zbekistondagi filialida darslarni ingliz va xitoy tillarida o‘tilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda o‘qiydigan talabalar institutga o‘qishga yuborilishi, 2+2, 1+3, 3+1 formatida talabalar o‘qishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Nanking politexnika instituti Jiangsu provinsiyasi hukumati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning top 83 oliy o‘quv yurti qatoriga kiradi. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtida 10 mingdan ziyod talaba 40 dan ziyod mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladi. Institutda 500 nafar xorijiy talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan 33 nafarini o‘zbek yigit-qizlari tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi