Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan shu kunlarda Termiz shahrida Imom at-Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va kutubxona, jome masjidi, 138 o‘rinli mehmonxona hamda otalar choyxonasi, shuningdek, imomlar uchun 5 ta ikki qavatli turar joylar va boshqa bir necha xizmat ko‘rsatish inshootlarini bunyod etish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

1-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ulkan hajmdagi bu qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Dastlab mazkur qurilish obyektlarining loyihalari bilan tanishuv jarayonida uni yanada takomillashtirish, barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Majmua hududidagi masjid binosi sharq me’morchiligining noyob an’analarini o‘zida mujassam etgan. Inshootdagi bitta yirik gumbaz hamda unga yondosh 2 ta 42 metr balandlikdagi minora masjidga ko‘rkamlik va o‘ziga xos salobat baxsh etib turibdi. Yopiq bino ichida bir vaqtning o‘zida 2500 namozxon ibodat amallarini bajarishi mumkin.

Tanishuv jarayonida ushbu masjid, Imom at-Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi binosi va uning kutubxonasi, mehmonxona hamda otalar choyxonasi, shuningdek, boshqa inshootlar qurilishini qisqa muddatlarda sifatli yakunlash, zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmalarini rivojlantirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi