Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22—24-mart kunlari Toshkent shahrida yarim marafon o‘tkaziladi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Havaskorlar uchun 5 kilometr, professionallar uchun esa 21 kilometr masofada o‘tkaziladigan marafon Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasidan boshlanib, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Mustaqillik shoh ko‘chalari bo‘ylab metroning Buyuk ipak yo‘li bekatiga, keyin Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot ko‘chalari orqali Amir Temur maydoni, O‘zbekiston ko‘chasi, Mustaqillik maydoni, Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chasi orqali boshlangan joyiga qadar bo‘lgan masofada bo‘lib o‘tadi.

Marafon g‘olib va sovrindorlari (1—8-o‘rinlar) 3 milliondan 12 million so‘mgacha, 5 kmlik masofada 1—6-o‘rinlar uchun 500 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Xalqaro yarim marafon poytaxtning diqqatga sazovor hududlari, markaziy ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilib, boshlanish va yakunlanish joyida “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Marafonda xorijlik mehmonlar hamda mahalliy aholi, jami 3000 nafarga yaqin kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi