UFC jangchisi Habib Nurmagomedov Qozog‘istonning Oqmola viloyatida tasvirga olinadigan ekstremal realiti-shou boshlovchisi bo‘ladi, deb yozadi BNews.
Ushbu ma’lumotni Sandiqtau tumani hokimi Asilbek Ismagambetov e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur teleloyihaning ikkinchi mavsumi Sandiqtaudagi qishloqda tasvirga olinadi. Loyihada ishtirok etish istagidagilar soni ko‘pchilikni tashkil etadi, shuning uchun tashkilotchilar tez kunlarda kasting o‘tkazadi.
Boshlovchi esa rossiyalik mashhur jangchi Habib Nurmagomedov bo‘ladi. Ismagambetovning ta’kidlashicha, loyihaning katta yutuqlardan biri — keng auditoriyani qamrab olishidir. Shou dunyoning 118 ta davlatida efirga uzatiladi. Unda, asosan, ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilar hamda tadbirkorlar ishtirok etadi.
Teleloyiha ssenariysiga ko‘ra, jamoalar o‘zaro raqobatga kirishadi. Ular aql-zakovatli bo‘lishi, qozoq an’analarini yaxshi bilishi va jismoniy holati a’lo bo‘lishi kerak.
Ta’kidlanishicha, shou keyingi oydan boshlanishi rejalashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)