• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suriyadan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi nimani anglatadi?

    2018-yilning dekabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya hududidan AQSh harbiylari olib chiqilishini e’lon qildi. Gap 2000 nafar amerikalik harbiy haqida ketmoqda. AQSh rahbarining ushbu qarori bir qator amerikalik rasmiylarni biroz shoshirib qo‘ygani ham bor gap. AQShning mintaqadagi asosiy raqobatchisi bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladirmir Putin esa Oq Uy rahbarining ushbu qarorini qo‘llab-quvvatladi.

    Foto: ABC News

    Foto: ABC News

    Bugungi kunda Yaqin Sharqning eng qaynoq nuqtasi, shubhasiz, Suriya bo‘lib qolmoqda. Xo‘sh, Suriyadan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi mamlakat va mintaqa uchun nimani anglatadi ? Quyida ushbu savolga javob topishga harakat qilib ko‘ramiz. Bunda xorijlik ekspertlarning fikrlariga tayanamiz.

    Siyosatshunos Mariyam Benraadning fikricha, AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishi prezident Bashar Asadga o‘zining qatag‘onlarini davom ettirishga yo‘l ochib berishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, Damashq allaqachon g‘alabani nishonlashni boshlab yuborgan.

    Mutloq g‘alabaga erishish uchun esa ikki muhim geografik hududni egallash kifoya qilardi. Bulardan biri shu yilning yanvar oyida “Hay’at Tahrir ash-Shom” terrorchilik guruhi tomonidan egallangan va 24-yanvar kuni Suriya armiyasi tomonidan qaytarib olingan Idlib viloyati bo‘lsa, ikkinchisi Suriya shimoli-sharqida joylashgan Rojava, ya’ni Sharqiy Kurdiston muxtor respublikasi hududi.

    Idlib qaytarib olingandan keyin endigi muhim nuqta mamlakat shimoli-sharqidagi kurdlar yashaydigan hudud bo‘lib qolmoqda. Bu hududda istiqomat qilayotgan kurdlarning asosiy tayanchi hisoblangan AQShning mintaqadan chiqib ketishi ularni birmuncha qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Tahlilchilarning aytishicha, kurdlarda Suriya hukumatini tan olishdan boshqa iloj qolmaydi, chunki mamlakatni qayta birlashtirish niyatida bo‘lgan Asad boshqa bir muxtor tuzilma paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

    Shu o‘rinda Turkiya o‘zining milliy daxlsizligiga tahdid deb bilgan Kurdiston ishchi partiyasiga (PKK) yaqin hisoblanadigan kurdlarning Xalq mudofaa uyushmasi (YPG) va Suriya demokratik kuchlariga qarshi 2018-yil davomida “ Zaytun novdasi ” nomli harbiya amaliyot olib borganini va Anqaraning ushbu hududdagi manfaatlarini ham esga olib o‘tish kerak bo‘ladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘onning Rossiyaga 24-yanvar kungi bir kunlik tashrifi ham bu manfaatlar yuzasidan kechganini taxmin qilish mumkin. Uchrashuv davomida prezidentlar Suriyada xavfsiz hudud yaratish va yaqin orada shu masalalariga bag‘ishlangan Rossiya–Turkiya–Eron sammitini o‘tkazish bo‘yicha gaplashib olgan.

    Butun Yaqin Sharqda davom etayotgan reabilitatsiya fonida bir qator mintaqa davlatlari (Bahrayn, BAA, Kuvayt) Damashqda o‘z elchixonalarini qaytadan ochish istagida ekanini va Asad bilan hamkorlik qilishga tayyorligini e’lon qildi. Shuningdek, Iroq va Livan talabi bilan Suriyani Arab davlatlari ligasiga qaytadan a’zo qilish haqida ham bahslar bormoqda.

    Shunday qilib, Asad sakkiz yillik vayronagarchiliklardan so‘ng mamlakatni qayta tiklashga erishishi mumkin.

    Ba’zi tahlilchilar, jumladan, Juliyen Nosetti va Amanda Sloatlarning fikricha, AQSh qo‘shinlarining Suriyadan chiqib ketishi mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarib, Damashq rejimini mustahkamlaydi va mintaqada Rossiya yagona vositachiga aylanib qoladi. Trampning ushbu qarori ortidan xavsizlik kotibi Jim Mettis iste’foga chiqdi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat maslahatchisi Jon Bolton hamda davlat kotibi Mayk Pompeo yaqin orada mintaqa bo‘ylab strategik hamkorlarni tinchlantirish hamda AQSh strategiyasini tushuntirish uchun safarga otlanishi ma’lum qilindi.

    Nega Donald Tramp AQSh harbiylarini chaqirishga qaror qildi? Birinchidan, bu uning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan va bu haqda saylov arafasida va’da bergan edi. Ikkinchidan, AQShga nisbatan yaqin bo‘lgan davlatlar, jumladan, Venesuelada boshlanib ketgan tartibsizliklar va Lotin Amerikasidan kelayotgan muhojirlar oqimi ham bunga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Jahongir Ostonov

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin

    30.01.2019, 18:21   Izoh (0)   49401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.