28-yanvar, dushanba kuni Osiyo Kubogining 1/2 finali doirasida birinchi uchrashuv yakunlandi.

Foto: Twitter

Unda Yaponiya terma jamoasi Eron termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 57-daqiqasida Yuya Osako Takumi Minamino uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritdi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 10 daqiqa o‘tib, hakam tomonidan Eron terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan esa yana o‘sha Yuya Osako vaziyatdan unumli foydalandi va dublga erishdi (2:0). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Genki Haraguchi hisobni yiriklashtirdi (3:0).

Shu tariqa Yaponiya Eron termasi darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, musobaqaning finaliga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi to‘qnashuvida Qatar termasi mezbon BAA bilan jang qiladi.

Osiyo Kubogi—2019

1/2 final bahslari

28-yanvar, dushanba

Eron—Yaponiya 0:3

Gollar: 0:1 — 57 Osako, 0:2 — 67 Osako, 0:3 — 90 Haraguchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!