Nexia 2018-yilda Rossiya ikkilamchi bozorida talabgir bo‘lgan avtomobillar o‘nligiga kirdi. Bu haqda “Avtostat” agentligi ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
O‘tgan yil davomida jami 59 600 ta Nexia sotilgan, bu ko‘rsatkich 2017-yilgidan 8 foizga yomonroqdir. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia reytingning to‘qqizinchi o‘rnidan joy oldi.
2018-yil yakunlari bo‘yicha ikkilamchi bozorda ommaboplik bo‘yicha xorijiy avtomobillar orasida Ford Focus yetakchilik qilmoqda. U 137 500 marta qayta sotilgan, bu 2017-yilgidan 4 foizga ortiqdir.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 2018-yilda Rossiyada 5 184 ta Ravon avtomobilini sotdi. O‘zbekistonda yig‘ilgan Ravon oxirgi marta may oyida sotilgan. Shundan so‘ng Rossiya salonlariga avtomobillarni yetkazish to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)