24—25-yanvar kunlari Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Twitter

24-yanvar, payshanba kuni musobaqaning nimchorak finalida Iordaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Vyetnam terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Kunning ikkinchi o‘yini Xitoy va Eron qarshiligi ostida kechadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.

25-yanvar, juma kuni Janubiy Koreya termasi Qatar terma jamoasi bilan kurash olib boradi. To‘qnashuvga 18:00 da start beriladi.

Musobaqaning 1/4 finali so‘nggi o‘yinida BAA terma jamoasi Avstraliya bilan bahs boylaydi. Uchrashuv 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Osiyo Kubogi—2019

1/4 final bahslari

24-yanvar, payshanba

Vyetnam—Yaponiya 18:00

Xitoy—Eron 21:00

25-yanvar, juma

Janubiy Koreya—Qatar 18:00

BAA—Avstraliya 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!