Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-yanvar, chorshanba kuni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti “Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo‘ldi”(“Daryo” bu xabarni quyidagi sarlavha bilan taqdim qilgandi: MOQ: Nurxon Nafasovga jinoiy ish ochilgan) nomli xabar chop etishi bilan bog‘liq holatga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi munosabat bildirdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Quyida Bosh prokuratura xabari to‘liq keltiriladi:

“Mazkur xabar bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati shuni qat’iyan ma’lum qiladiki, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma’lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvchi organlar tomonidan beriladi.

Shuningdek, ta’kidlash zarurki, dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan shaxslar haqida keng jamoatchilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar o‘zgalarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazishi mumkin.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining rasmiy saytida e’lon qilingan holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni rasman ma’lum qiladi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasining qator mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha biror-bir shaxs, xususan, Nurxon Nafasov gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan”,—deyiladi xabarda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda