20-yanvar kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidida yong‘in chiqishi oqibatida masjidning tom qismida 40 kvadrat metr maydon yonib ketgan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, UzNews xabar bermoqda.
Yong‘in masjid gumbazida payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Yong‘inni o‘chirish uchun beshta o‘t o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida tomning 181 kvadrat metr maydonini saqlab qolishga erishilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)