21-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 final bahslari doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Unda Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 20-daqiqasida Gaku Shibasakining burchak zarbasidan uzatgan to‘pini Takehiro Tomiyasu gol bilan yakunladi (1:0). Ushbu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi va Yaponiya terma jamoasi musobaqaning chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, yaponlar yarim final yo‘llanmasi uchun Vyetnam bilan jang qiladi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

21-yanvar, dushanba

Yaponiya—Saudiya Arabistoni 1:0

Gol: 1:0 — 20 Tomiyasu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!