Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida OXUS Culture jamiyati tashabbusi bilan mamlakat nomoddiy madaniy merosi shinavandalari uchun navbatdagi doston kechalari taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “Qalampir.uz”

Foto: “Qalampir.uz”

Kechada xalq merosining noyob namunalaridan bo‘lgan “Alpomish” dostoni Toshkentda ilk marotaba, to‘liq, jonli tarzda ijro etildi.

Mazkur san’at dargohida muntazam tarzda milliy merosga bag‘ishlangan tadbirlarda Sherobod dostonchilik maktabi an’analaridan “Malla savdogar”, “Kelinoy”, “Ollonazar Olchinbek” xalq dostonlari O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosida, Xorazm dostonchilik maktabining eng go‘zal namunalari “Oshiq G‘arib va Shohsanam” hamda “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon Matyoqubov ijrosida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston dostonchiligi turkumidan “Sayotxon-Hamro” dostoni esa yosh baxshilar Gulshinar Kudaybergenova va Erisbay Asqarov tomonidan to‘liq ijro etildi.

Kechada mardlik, jasorat, mehr-muhabbat, sadoqat tarannum etilgan meros doston, xalq qo‘shiqlari, termalar O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov tomonidan ijro etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi