14-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-turi doirasida so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasini qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub etdi (3:0).
1-bo‘limning 10-daqiqasida Gabriel Jezus Leroy Sane uzatmasini golga aylantirdi (1:0). 19-daqiqaga kelib, “bo‘rilar” a’zosi Uilli Boli qo‘pol o‘yini uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi. O‘yin oxiriga qadar mehmon jamoa bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
39-daqiqada Gabriel Jezus penaltidan gol urib, dublga erishdi (2:0).
2-bo‘limning 78-daqiqasida Konor Kodi o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (3:0).
Shu tariqa “mankunianlar” ushbu turda “bo‘rilar” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
APL 22-turidan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
22-tur bahslari
14-yanvar, dushanba
“Manchester Siti”—“Vulverhempton” 3:0
Gollar: 1:0 – 10 Jezus, 2:0 – 39, penalti, Jezus, 3:0 – 78, avtogol, Kodi.“Manchester Siti”: Moraes, Uoker, Stounz, Lyaport, Danilo, Bernardo Silva, Fernandinyo, Silva (De Bryuyne, 62), Sterling, Jezus (Aguero, 76), Sane (Gundog‘on, 74).
“Vulverhempton”: Patrisiu, Bennett, Kodi, Boli, Doerti, Neves, Dendonker, Kastro, Moutinyo (Gibbs-Uayt, 72), Himenes (Traore, 46), Yotа (Saiss, 59).
Ogohlantirish: Fernandinyo (14).
Chetlatish: Boli (19).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)