“O‘zbekiston maktablari kishi boshiga tamoyili asosida moliyalashtirishga o‘tishi rejalashtirgan bir vaqtda mamlakatdagi ta’lim boshqarmalarini bekor qilish haqida o‘ylab ko‘rish vaqti kelmadimikan?”, deb savol beradi “Daryo” uchun tayyorlagan maqolasida o‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.
Imkoniyat bo‘lsa, maktablarga yordam ko‘rsatish kerak. Umuman olganda, kishi boshiga tamoyili asosida moliyalash joriy qilinishi bilan har bir maktab rivojlanish jamg‘armasi ta’sis qilishi mumkin va bunday jamg‘armada donorlar va homiylar pullari jamlanishi mumkin. Yagona masala maktabni mustaqil hayotga o‘rgatishdan iborat. Bunday tizimda viloyat, nohiya va shahar ta’lim boshqarmalariga hojat qolmaydi.
Bu hal qiluvchi masala, chunki moliyaviy mablag‘ maktab uchun ajratiladi, biroq mablag‘lar ushbu muassasalarda uzoq muddatlarda qolib ketadi va ular xohlasa bugun, xohlamasa ertaga pul o‘tkazadi, yoki maktablar hisobidan umuman tejamkorlikka yo‘l qo‘yib, darslik kitoblar yoki binolar ta’miriga yetarlicha pul mablag‘i ajratmaydi. Ushbu tizimda juda ko‘p qoidabuzarliklar sodir qilinadi, shuning uchun gap bu tashkilotlar umuman kerak bo‘lish-bo‘lmasligi haqida bormoqda. Ularni tarqatish mumkin, chunki allaqachon bu borada xalqaro tajriba mavjud.
Bunda xalq ta’limi vazirligida ta’lim berish jarayonini butunlay to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat ostiga olish uchun standartlar va qoidalar ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, ota-onalarning o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatlarini ham o‘zgartirish lozim. Chunki farzandlarini o‘qituvchiga xayrixohlik ruhida yoki unga qarshi qo‘yib tarbiyalovchilar ota-onalardir. Maktabda turli-tuman ziddiyatli vaziyatlar sodir bo‘ladi, ba’zan ota-onalar vaziyatni tushunmasdan turib, maktabga yugurib boradi. Ular o‘qituvchiga turli tahdidlar qiladi va uni haqoratlaydi. Bunday ota-onaning o‘zi sinf taxtasi oldida kuniga 10 soatlab turib va bir kunda yuzlab bola bilan ishlab ko‘rishga bir urinib ko‘rsinchi. Shundagina munosabat ham boshqacha bo‘larmidi.
Mavjud barcha targ‘ibot-axborot tizimimizni o‘qituvchilar foydasi tomonga yo‘naltirishimiz lozim. Pedagoglar qolmasa, kelajakda bolalarimizni kim o‘qitadi? Bundan tashqari, chin ko‘ngildan bo‘lsa va pedagogning betarafligiga ta’sir qilmaydigan bo‘lsa, o‘qituvchilarga sovg‘alar berish mumkin deb o‘ylayman.
Muallifning bu mavzuga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda ta’lim tizimi kishi boshiga ko‘ra moliya ajratish joriy qilinish usullari uchun takliflar” sarlavhali maqolasini quyidagi linkda o‘qish mumkin.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Izoh (0)