“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Angliya premyer ligasida dekabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda liganing Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Foto: Twitter

U mazkur oyda “Liverpul” safida 1 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma berib, 4 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.

Niderlandiyalik o‘yinchi bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:

  • Felipe Anderson (“Vest Hem”, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma)
  • Eden Azar (“Chelsi”, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma)
  • Son Hyon Min (“Tottenhem”, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma)
  • Harri Keyn (“Tottenhem”, 6 ta gol va 2 ta golli uzatma)
  • Markus Reshford (“Manchester Yunayted”, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma)
  • Muhammad Saloh (“Liverpul”, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!