O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahrida faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazadi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mazkur tadbir viloyat kengashining sessiyasi tarzida tashkil etilib, unda viloyat hokimini tayinlash masalasi ham ko‘rilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.