11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “B” guruhidagi navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Falastin terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
1-bo‘limning 18-daqiqasida Avstraliya hujumchisi Jemi Maklaren Falastin darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan ikki daqiqa o‘tib, uning jamoadoshi Aver Mobil raqib darvozasiga 2-to‘pni kiritdi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Apostolos Yannu hisobni yiriklashtirdi (3:0).
Shu tariqa Avstraliya terma jamoasi Falastin termasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning “B” guruhidagi dastlabki o‘yinda Iordaniya termasi Suriya terma jamaosi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Osiyo Kubogi—2019
“B” guruhi, 2-tur
11-yanvar, juma
Izoh (0)