10-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “A” guruhidagi ikkinchi uchrashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Getty Images

Ushbu o‘yinda Hindiston terma jamoasi mezbon BAA termasi bilan bahsga kirishdi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

1-bo‘limning 42-daqiqasida BAA yarim himoyachisi Halfan Muborak hindlar darvozasini ishg‘ol qildi (1:0).

2-bo‘limning asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganda Ali Mabhut jamoasining ikkinchi golini urdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Qayd etish joiz, uchrashuv davomida Hindiston termasi BAA terma jamoasiga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi va 3 marotaba arablar darvozasi to‘sinini nishonga oldi. Biroq, ulardan omad yuz o‘girdi.

Eslatib o‘tamiz, “A” guruhidagi dastlabki o‘yin Bahrayn va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda tailandliklar kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0).

 Osiyo Kubogi—2019

“A” guruhi, 2-tur

10-yanvar, payshanba

Hindiston—BAA 0:2

Gollar: 0:1 — 42 Halfan Muborak, 0:2 — 89 Ali Mabhut.