Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mast erkak tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019-yil 7-yanvarida sodir bo‘lgan. A.X. mast bo‘lganda N.Q. bilan janjallashib ketgan. A.X. N.Q.ni urib-tepib, tanasining turli joylariga jarohat yetkazgan. Oqibatda N.Q. halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)