2019-yilda O‘zbekistonga eng yirik investitsiyalar Buyuk Britaniya, Polsha, Rossiya, Germaniya davlatlari tomonidan kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan “Investitsiya — iqtisodiyot drayveri, uning yuragi: islohotlar, muhim vazifalar va muammolar tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda aytib o‘tildi, deb yozadi O‘zA.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida ishtirokchilar O‘zbekistonda investitsiyani rivojlantirishning yangi ustuvor yo‘nalishlari, davlatning sohada amalga oshirayotgan islohotlari, dunyo davlatlarining mamlakatga olib kirayotgan investitsiyalari haqida ham ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, O‘zbekiston jahonda turizm rivojlanadigan eng katta mintaqa sifatida e’tirof etilayotgani, buning uchun bu o‘lkaning geografik joylashuvi, madaniy va qadimiy tarixi, tabiiy muhiti, boy an’ana va urf-odatlari, zamonaviy ko‘rinishi kabi omillar ko‘pchilik sayyohlarni o‘ziga jalb etayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)