9-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1-turining “E” guruhidagi ikkinchi uchrashuv yakunlandi.

Foto: Getty Images

Ushbu bahsda Qatar terma jamoasi Livan termasi bilan kurashga kirishib, raqibini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Barcha gollar bellashuvning 2-bo‘limida kiritildi. 65-daqiqada Bassam Hisham o‘yindagi birinchi golni urgan bo‘lsa (1:0), 79-daqiqaga kelib Almuaz Ali raqib darvozasini ishg‘ol qilib g‘alabani mustahkamladi (2:0).

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning “E” guruhidagi Saudiya Arabistoni va KXDR o‘rtasida kechgan o‘yinda arablar yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).

Osiyo Kubogi—2019

“E” guruhi, 1-tur

9-yanvar, chorshanba

Qatar — Livan 2:0

Gollar: 1:0 — 65 Bassam Hisham, 2:0 — 79 Almuaz Ali.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!