Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xostellarni mehmon uylari va xostellar reyestriga o‘rnatilgan tartibda kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilinadi. Bu Prezidentning “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: “Milliy tiklanish”

Foto: “Milliy tiklanish”

Hududida turizm infratuzilmasi obyektlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlari o‘ttiz yilga, biroq o‘n yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi. Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng miqdorni o‘zlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yo‘naltirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash qoidalariga rioya qilish sharti bilan dastlabki besh yil uchun ijara haqi to‘lashdan ozod etiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kichik tadbirkorlik subyektlariga turizm infratuzilmasi obyektlari, mehmonxonalar va sanitar-gigiyenik shoxobchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar