Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarida ishonch darajasi oshiriladi. Bu haqda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Bajarish muddati — 2019-yil 20-iyul, ijro uchun mas’ullar — TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.

***

O‘zbekistonning eng yosh kimyogari yangi elementga Shavkat Mirziyoyev nomini bermoqchi.

— Eng buyuk orzuim xalqaro Nobel mukofotini qo‘lga kiritish va muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyov nomiga yangi kimyoviy element yaratmoqchiman. Bu yangi element SHM shaklida bo‘ladi. Chunki kimyoviy elementlarni nomlanishida ma’lum bir an’ana mavjud, ya’ni element formulasi uchun birinchi yoki ikkinchi harflar olinadi. Bundan tashqari elementga nom berish huquqi muallifda bo‘ladi. Shu huquqimdan foydalanmoqchiman, — dedi kimyo fani bilimdoni 7 yoshli Zafarjon.