Hindistonda 3 milliondan 5 million nafargacha ayol tenglikni talab qilib, 620 kilometrga cho‘zilgan jonli devor hosil qildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Foto: NDTV

Ular orasida taniqli siyosatchilar ham, oddiy ayollar ham bor edi. Ular bir-birini qo‘lini ushlab, Kasaragod shahridan Tiruvamantapuramagacha bo‘lgan zanjirni hosil qildi.

Bu aksiya ayollar uchun ibodatxonaga kirishdagi cheklovlarga qarshi norozilik bilan bog‘liq edi.