Kongo demokratik respublikasida prezident saylovlari o‘tganidan so‘ng internetni o‘chirib qo‘yishdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Internet mamlakatning barcha hududlarida uzib qo‘yildi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda odamlar saylov uchastkalari ishidagi kamchiliklar, ovoz berish uchun mo‘ljallangan mashinalarning yaxshi ishlamasligini muhokama qilmasligi uchun qilindi”, — deyiladi xabarda.
Mamlakat prezidentligiga saylovlar natijasi 15-yanvar kuni rasman e’lon qilinadi.
Saylovning ikki asosiy xalqaro kuzatuvchilar guruhi internetning o‘chirib qo‘yilganidan afsusda ekanligini bildirib, internet ishini qayta tiklashni so‘ragan.