Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi. Bu haqda muassasa axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Nasimjanov Yunusjon Zoxidovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Nasimjanov Yunusjon Zoxidovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Nasimjanov Yunusjon Zoxidovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Yu.Nasimjanov 1967-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1997-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani  davlat soliq inspeksiyasida Davlat korxonalariga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Davlat soliq qo‘mitasi Resurs soliqlari boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Kabirov Naim Noyobovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Kabirov Naim Noyobovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Kabirov Naim Noyobovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

N.Kabirov 1969-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat universitetini, 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U sohadagi mehnat foliyatini 1993-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Toshkent viloyatidagi davlat soliq inspeksiyalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

N.Kabirov Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Mamatxanov Maqsud Maxmudovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Mamatxanov Maqsud Maxmudovich. Foto: Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Mamatxanov Maqsud Maxmudovich Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Mamatxonov 1987-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyatini 2009-yilda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida Axborot-tizimlari sho‘‘basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. M.Mamatxonov hozirga qadar viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?