Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Konsertning dastlabkisi kecha, 27-dekabr kuni poytaxtning Mustaqillik shoh ko‘chasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga o‘rnatilgan yangi yil bayramining bosh archasi oldida qorbobo kiyimiga kiyingan harbiy san’atkorlar tomonidan taqdim etildi.

https://www.instagram.com/p/Br48qD0HA2w/

Ertaga, 28-dekabr kuni soat 15:00 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy okrestrning navbatdagi aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona konserti yana quyidagi joylarda o‘tkaziladi:

  • 29-dekabr kuni soat 15:00 da Qo‘yliq massividagi Compass ko‘ngilochar savdo majmuasida;
  • 30-dekabr kuni soat 15:00 dan 18:00 ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;
  • 31-dekabr kuni soat 10:00 da yangi yil bayramining bosh archasi oldida (mo‘ljal Yoshlar ijod saroyi).
Shuningdek, poytaxtdagi yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019-yilning 3-yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim