Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 25-dekabr kuni “Oq-Tosh (Qirg‘iziston) — “Birlashgan” (O‘zbekiston) o‘tkazish punkti ishini qayta tikladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

Punkt Qirg‘izistonning Barak eksklavi aholisini mamlakatning asosiy hududiga to‘siqsiz o‘tishiga xizmat qiladi.

Bu haqdagi kelishuvga 18-dekabrda Qirg‘iziston bosh vaziri Mahammadkaliy Abilgaziyev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan. Muzokaralar ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari rahbarlari Kengashining ikkinchi yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan.

“Oq-Tosh” o‘tkazish punkti davlat chegarasining Qirg‘iziston—O‘zbekiston qismida joylashgan va Barak eksklavini O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani bilan bog‘lab turadi. Mazkur punkt Barak qishlog‘i aholisini o‘tkazishni 2013-yilning bahorida vaqtincha to‘xtatgan edi.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati O‘zbekiston tomoni bilan kelishuv asosida 2013—2015-yillarda qishloqqa oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, urug‘, o‘g‘it va boshqa mahsulotlarni tashishni davom ettirgan.

Avval Barak eksklavi aholisi Qirg‘izistonning asosiy hududiga o‘tish uchun 150 kilometr masofani bosib o‘tib, “Qizil-Qiya avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktiga borishi kerak bo‘lgan. O‘sh shahriga yetib borish uchun esa 300 kilometr masofani bosib o‘tish talab qilingan. Endi esa “Oq-Tosh” punkti orqali mamlakatning asosiy hududiga o‘tish uchun bir kilometrdan sal ko‘proq masofani bosib o‘tish kerak bo‘ladi.

O‘tkazish punktlari har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Favqulodda vaziyatlarda aholini o‘tkazish sutka davomida uzluksiz amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi