Olmaliq shahrida fuqaro 2,588 kg “marixuana” bilan qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 17-dekabr Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida U.T. Moskva ko‘chasida qo‘lidagi polietilen qop ichida bo‘lgan 2,588 kg “marixuana” giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)