Toshkentda 18-dekabr kuni O‘zbekistonning ilk to‘qimachilik elektron savdo maydonchasi — Uzbtextile.com. taqdimoti bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
To‘qimachilik platformasining ishtirokchisiga aylangan istalgan kompaniya mahsulotlarini ilgari surish uchun mablag‘ni tejab, xaridorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini qo‘lga kiritadi.
Boshlang‘ich bosqichda onlayn platforma butunlay tekin bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar keyinchalik servisni pullik qilishni rejalashtirmoqda.
Uzbtextile.com platformasining asosiy afzalliklari:
- Platformaning qulay interfeysi, kompyuter bilimi istalgan darajada bo‘lgan foydalanuvchiga tovar va xizmatlarni sotish imkonini beradi;
- Qiziqtirgan tovar va xizmatlarni tezkor topish;
- Barcha operatsiyalarni real vaqt rejimida amalga oshirish;
- Platforma boshqa ishtirokchilar bilan onlayn-chatda bo‘lish imkonini beradi;
- chet eldan eksport buyurtmasini joylashtirish imkoni va h.o.
Izoh (0)