O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum Obid Asomov “Kamolon” qabristonida dafn etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Marhum qiziqchi va aktyor Obid Asomov 2018-yilning 15-dekabr kuni soat 12:00 da o‘z uyidan so‘nggi manzilga kuzatiladi. Janoza namozi 13:00 da Toshkent shahri “Kamolon” masjidida o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli so‘z ustasi Obid Asomov 14-dekabr kuni Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi.