XX asrning eng ko‘p eshitilgan qo‘shig‘i e’lon qilindi. Queen guruhi (solisti Freddi Merkyuri)ning “Bohemian Rhapsody“ ashulasi ana shunday e’tirofga sazovor bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Variety’ning yozishicha, guruhning “The Night in Opera“ albomidagi mazkur qo‘shiq striming-servislarda 1,5 milliarddan ko‘proq marta tinglangan.
Eslatib o‘tamiz, “Bohemian Rhapsody” qo‘shig‘i Billboard portali versiyasiga ko‘ra uch marta “Hot 100“ga kiritilgan.