Tojikistonning Xatlon viloyati sudida Jome tumanida yashovchi 58 yoshli Xojaroy Ashurova ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar bermoqda.

Foto: “ASIA-Plus”

Ayol sentabar oyida uch yoshli nevarasi Behruzjonni tiriklayin ko‘mib tashlaganlikda ayblanmoqda. Uning nima sababdan bu jinoyatni sodir etganligi noma’lum. Xojaroy Ashurovaning o‘zi bu haqda hech narsa demayapti.

Ayol Tojikiston Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan ayblanmoqda.

Sud uni aybdor deb topgudek bo‘lsa, ayol sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Xojaroy Ashurova 12-sentabr kuni uch yoshli nevarasini tiriklay ko‘mib tashlagan. Oqibatda bola vafot etgan. Bolaning jasadi olti kundan so‘ng topilgan.