Asli rossiyalik bo‘lgan bolgariyalik Dimitar Savatinov dunyoning eng kuchli odami. U ekstrim bo‘yicha ko‘plab turnirlarda g‘alaba qozongan, 2014-yilda u America’s Strongest Man nomini qo‘lga kiritgan. Bir yildan so‘ng u nufuzli Arnold Strongman Classic turnirida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Tjournal.
2018-yilning martida u yana bir bor Shvarsnegger nomidagi mukofotga da’vogarlik qilmoqchi bo‘ldi va u yerda “Igri Prestolov” serialidagi roli orqali tanish bo‘lgan Xaftor Byornsson bilan raqib bo‘ldi.
Ular yangi shartga ko‘ra vazni 186 kilogramm bo‘lgan toshni ko‘tarishi kerak edi.
Dimitar birinchi ishtirokchi bo‘ldi: u ikki daqiqa davomida vazifani bajarishga urundi, ammo keyin davom ettirishdan bosh tortdi.Butun turnir natijalariga ko‘ra Byornsson g‘alaba qozondi, 38 yoshli Savatinov o‘nta o‘rindan to‘qqizinchini egalladi.
Dekabrda Reddit foydalanuvchilari musobaqa suratlariga e’tibor qaratdi. Be Amazed ruknida ular “Dimitar Savatinov dunyodagi eng katta kartoshka ko‘tarmoqda” degan yozuv bilan surat joyladi.
Sharhlarda foydalanuvchilar o‘sha onda pahlavonning o‘zi kartoshkaga o‘xshashini aytib izoh qoldirgan.Bir kun o‘tgach surat fotojabalarda tarqab ketdi.
Reddit foydalanuvchilari kartoshka to‘g‘risidagi ko‘plab hazillardan foydalanib, sportchini akkordeonist qilib, uning qo‘liga SpaceX raketasini topshirdi.
Izoh (0)