Fransiyada namoyishlar davomida huquq-tartibot xodimlari 130 ga yaqin odamni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lumotlariga asoslanib BFM telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Faqat Parijning o‘zida 40 dan ortiq odam qo‘lga olinganligi ta’kidlanmoqda.
Mamlakat bo‘ylab benzin narxlari oshirilganligidan norozilarning 1 600 dan ortiq namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur haftada aksiyalar ishtirokchilarining maksimal miqdori soat 17 atrofida qayd etilgan — 100 mingdan ortiq odam.
24-noyabr, shanba kuni namoyishchilar Parijda avtobus bekatlarini buzib, do‘konlar vitrinalarini sindirib, barrikadalar qura boshlagan. Politsiya bunga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va yorug‘lik-shovqinli granatalar bilan javob qaytargan.
Izoh (0)