Kevin Chan ismli 29 yoshli xitoylik yigit Bettl laqabli afg‘on tozisi zotiga mansub itining yungini parvarishlashga minglab dollar pul sarflaydi, deb yozadi Big Picture.
Gruming (SPA, yungni parvarishlash, professional manikyur) vositalarining o‘zi uchun yigit 100 ming yuan (14,5 ming dollar) sarflaydi. Bundan tashqari, har oyda 4500 yuan (650 dollar) it uchun shampun va kosmetikaga xarj qilinadi.
Haftasiga olti-sakkiz soat vaqtini Kevin itining yungini tarashga sarflaydi. “U oilamiz a’zosiga aylanib qolgan, shu sababli unga vaqt va pulimni sarflashga qarshi emasman”, — dedi yigit.
Har kuni Kevin itning yungiga maxsus eritma purkab, taraydi va maxsus upa sepib qo‘yadi.
Itiga shuncha vaqt va mehnat sarflaganidan keyin Kevin Chan uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qilishni ham unutmaydi.
Izoh (0)