2018-yilning 14-noyabr kuni Bishkek shahrida tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston vazirliklararo maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Qirg‘iziston TIV Axborot departamenti direktori Muratbek Azimbakiyev o‘zi boshqarayotgan bo‘linma ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat davomida axborot sohasidagi ikki tomonlama aloqalarda ijobiy dinamika kuzatilayotgani qayd etildi hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)