Shveysariyaning “ResponsAbility Investments” investitsion kompaniyasi “Hamkorbank” aksiyalarini sotib oldi. Bu haqda bank matbuot xizmatiga tayanib Turon 24 xabar berdi.
Shveysariyaning “ResponsAbility Investments” kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning “Hamkorbank”dagi ulushining yarmini – bank aksiyalarining 7,66 foizini sotib oldi.
“ResponsAbility” XFK bilan “Hamkorbank” aksiyadori bo‘lganidan mamnun va bankning O‘zbekiston bo‘ylab mikro, kichik va o‘rta korxonalarga taklif etiladigan moliyaviy hamda barqaror bank qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, – deyiladi xabarda.
XMK “Hamkorbank”ning ilk xorijiy aksiyadori bo‘lib, 2010-yilda umumiy hisobda 60 mln dollar miqdorda sarmoya kiritgan.
Bank aksiyalaridagi yarim ulushini sotgani bilan XMK bankning faol aksioneri bo‘lib qolishni rejalashtirmoqda.
“ResponsAbility Investments” – aktiv va investitsiyalarni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi investitsion kompaniyalardan biri. Kompaniya bir qator investitsiya mexanizmlarini boshqaradi. Ushbu mexanizmlar iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kompaniyalar uchun biznes modellar bilan qarzni xususiy joylash va xususiy kapitalni taqdim etadi.