Germaniya jinoiy politsiya federal boshqarmasi germaniyalik harbiylarning “ommabop bo‘lmagan siyosatchilarni o‘ldirish” maqsadidagi fitnasini fosh qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Mahalliy Focus nashri ma’lum qilishicha, uyushmaga bundesver harbiy xizmatchilari, maxsus topshiriqli bo‘linmalar va Uniter elita askarlar assotsiatsiyasi a’zolari kirgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, fitnachilar siyosatchilarni bitta joyga to‘plab, ularni “iks kunida” o‘ldirishni rejalashtirgan. Guruhning qurol va yoqilg‘i saqlanadigan maxfiy omborxonalari bo‘lgan. Shuningdek, harbiy kontrrazvedkada ayg‘oqchisi bo‘lgan, u tekshiruvning borishiga xalal berishga uringan. U fitnachilarga bo‘lg‘usi tintuvlar va ishning borishi haqida xabar berib turgan. Erkakka nisbatan ayblovlar e’lon qilindi, uning ishini Kyoln okrug sudi ko‘rib chiqmoqda.
Qurbonlarning to‘liq ro‘yxati hozircha noma’lum. Ammo asosiy nishonlar orasida So‘llar partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Ditmar Bartch, Yashillar partiyasi yetakchisi Klaudiya Rot, tashqi ishlar vaziri Xayko Maas va sobiq prezident Yoaxim Gauk borligi aytilmoqda.
Izoh (0)