Qozog‘istonning Air Astana kompaniyasi 2019-yilning birinchi yarmida FlyArystan budjet aviakompaniyasi tashkil etilishi haqida e’lon qildi, deb yozadi “Spot”.
FlyArystan aviaparki ekonom klassidagi 180 o‘rinli Airbus A320 samolyotlaridan tashkil topadi.
Budjet aviakompaniyasi Easyjet, Indigo, Cebu Pacific va Air Asia kabi muvaffaqiyatli loukosterlar misolida loukost modeli asosida faoliyat ko‘rsatadi.
FlyArystan ichki aviatashuvchilar bozorida amaldagi tariflardan ikki karra arzon narxlardagi aviachiptalarni taklif qiladi.
Dastlab FlyArystan to‘rtta samolyotdan foydalanadi, 2022-yilga kelib ularning soni 15 taga yetkaziladi. Aviakompaniya Qozog‘istonning bir nechta shahridan reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)