Rossiyaning Tver viloyatida Mi-8 vertolyotining qattiq qo‘nishi davomida uning uchuvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 8-noyabr kuni hodisa joyidagi tezkor shtab ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Vertolyot qattiq qo‘nish davomida jiddiy shikastlangan. Ekipaj a’zolaridan biri, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi halok bo‘lgan.
Bortda bo‘lgan yana uch kishi jarohat olgan. Ular orasida buyurtmachining vakili ham bor.
Hodisa texnik nosozlik sababli yuz berganligi ta’kidlanmoqda.