Har kuni iste’mol qilinadigan mahsulotlar ba’zan aslidan boshqacha bo‘lishi mumkin. AdMe ana shunday mahsulotlarga e’tibor qaratdi.
Tuyilgan kofe
Tuyilgan kofe tarkibida qovurilgan va maydalangan arpa, bug‘doy, soya donalari bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishni arzonlashtirish uchun hatto maydalangan shoxchalar ham qo‘shiladi.Zaytun yog‘i
Qimmat zaytun yog‘ini sotib ola turib, uyga nisbatan arzon makkajo‘xori, palma yoki soya yog‘ini olib kelish mumkin.Parmezan pishlog‘i
Qalbaki mahsulotlar bozoridagi yetakchilardan biri mazkur pishloq hisoblanadi. Bu pishloqning tarkibida 10 foiz yog‘och qirindisi bo‘ladi. Ko‘pincha bu pishloq o‘rniga arzonrog‘i beriladi.Sushi
Ko‘pincha sushida buyurtma qilingan baliq o‘rniga arzonrog‘i ishlatiladi.Guruch
Guruch qalbakilashtirilgan mahsulotlar orasida eng xavflisi hisobalanadi. Qalbaki guruch kraxmalni plastmassa bilan aralashtirib ishlab chiqariladi.
Izoh (0)