Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Terrorizmga qarshi kurashish — chegara bilmas hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari terrorizm, shu jumladan, IShID tashkilotiga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborotida ma’lum qilindi, deb yozadi Gazeta.uz”.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining ikki kunlik konferensiyasida tashkilot ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlar huquq-tartibot organlari va BMT, YeXHT va MDH xalqaro aksilterrorchilik tuzilmalarining vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik afg‘onlarning o‘zi va afg‘onlar boshchiligida o‘rnatilishi mintaqada umumiy xavfsizlik va barqarorlikni yuzaga keltirishini ta’kidladi.
Unda chiqish qilganlar IShID terrorchilik tashkiloti tomonidan Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda terrorchilik faoliyati o‘choqlarini yaratish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan ishlar olib borilayotganligiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)